+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Filial seminar va chiqishlari
  3. O'quv jarayonidan lavhalar

O'quv jarayonidan lavhalar

Ulashish

2026-yil 20-oktabr kuni Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand filialida “Oila salomatligi” o‘quv dasturining 4-moduli doirasida favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish, xususan, yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilar yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajarish texnikasi, ko‘krak qafasini bosish usullari hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Amaliy mashg‘ulot o‘qituvchi Toshev Voxid tomonidan olib borildi.