+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. JSST: Oltita muhim chora yiliga 1,6 million kishining hayotini saqlab qolishi mumkin

JSST: Oltita muhim chora yiliga 1,6 million kishining hayotini saqlab qolishi mumkin

Ulashish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan oltita muhim chorani keng joriy etish orqali dunyo bo‘yicha har yili 1,6 million bevaqt o‘limning oldini olish mumkin.

JSST quyidagi chora-tadbirlarni tavsiya qilmoqda:

1 jaziramadan erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish;

2 aholini iqlim o‘zgarishiga chidamli, xavfsiz ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olish;

3 sanitariya sharoitlarini yaxshilash;

4 gigiyena va qo‘l yuvish imkoniyatlarini kengaytirish;

5 ovqat tayyorlash va isitishda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish;

6 qazib olinadigan yoqilg‘ilar bo‘yicha samarali narx siyosatini yuritish.

Hisobotga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlardagi choralar uchun sarflangan har 1 dollar o‘rtacha 24 dollarlik iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishi mumkin.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ta’kidlaganidek, iqlim inqirozi — sog‘liqni saqlash inqirozi hamdir. Biroq mavjud imkoniyatlar orqali buning oldini olsa bo‘ladi.