Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” jahon sammiti doirasida O‘zbekistonda bolalar salomatligi, ta’limi va ijtimoiy himoyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.


“Dunyo bola nigohida” konsepsiyasiga asoslangan ko‘rgazma davlat siyosati va islohotlar natijalarini bolaning kundalik hayoti, ehtiyojlari va kelajak imkoniyatlari orqali ochib beradi.
Ekspozitsiyada onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta rivojlanish, oilaviy g‘amxo‘rlik, inklyuziv ta’lim, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish borasidagi kompleks yondashuvlar aks ettirilgan.
Xalqaro delegatsiyalar ko‘rgazma davomida interaktiv maydonlar va hayotiy hikoyalar orqali O‘zbekiston tajribasi bilan tanishib, bolalar farovonligi yo‘lida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishmoqda.
O'zbekcha
Русский
English