+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Tamaki iste’moli bepushtlik xavfini oshiradi

Tamaki iste’moli bepushtlik xavfini oshiradi

Ulashish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, chekish reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, farzand ko‘rish imkoniyatini kamaytirishi mumkin.

Xususan, chekuvchi ayollarda bepushtlik ehtimoli chekmaydiganlarga nisbatan 40 foizga yuqori ekani qayd etilgan. Bu zararli odatni tashlaganlarda esa ushbu xavf chekishni davom ettirayotganlarga qaraganda 25 foizga kamayishi aniqlangan.

Tamakining salbiy ta’siri faqat ayollar bilan cheklanmaydi. 60 mingdan ortiq erkak ishtirok etgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, chekish ularda ham bepushtlik xavfini oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, bu zararli illat bepushtlikni davolash samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Shu sababli, JSST farzand ko‘rishni rejalashtirayotgan ayol va erkaklarga tamaki iste’molidan butunlay voz kechishni tavsiya etadi.