Ishtixon tumanida amalaga oshirilayotgan Sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar, o‘zgarishlar to‘g‘risida Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.S.Zayniyev, Milliy tibbiyot markaz direktori M.A.Saidov hamda Ishtixon tuman sog‘liqni saqlash bo‘lim boshlig‘i S.S.Safarov tashabbusi bilan Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand filiali bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88 sonli “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-iyundagi 175-sonli “Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida ish faoliyatini olib borayotgan tibbiyot xodimlarini ushbu Farmon va buyruqlarga asosan ish olib borishni tashkil etish bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlarni bilimini oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan oilaviy poliklinika mudirlari, umumiy amaliyot shifokorlari va o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Prezident farmonida belgilangan vazifalar mazmuni, xususan, sog‘liqni saqlash tizimida aholiga patronaj xizmatini ko‘rsatish, tibbiyot brigadasi xodimlarining kompetensiyalari, shifokor oldi ko‘rigi xonasi faoliyatini tashkil etish, oilaviy poliklinikalarda (oilaviy poliklinika filiallarida) tashkil qilingan kunduzgi statsionarlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etish, bemorlarni uy sharoitida davolashni tashkil qilish, profilaktik ko‘rik, skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, tibbiyot muassasalari hamda oila hamshirasi sumkasini tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy jihozlar bilan jihozlash tabeli, kasalliklarni dispanser nazoratiga olish va kuzatib borish tartibi, oilaviy poliklinikalar tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan va shoshilinch tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom, oilaviy poliklinikalarda biologik materiallar bilan ishlash, aholiga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi, tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, oilaviy poliklinikalarda tor soha mutaxassislari faoliyatini tashkil etish tartibi kabi masalalar atroflicha tushuntirilib muhokama qilindi. Shuningdek, soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, aholiga yaqin tibbiy xizmat ko‘rsatishning aniq mezonlari va samarali yechimlari haqida ko‘rsatmalar berildi.
- Bosh sahifa
- Filial seminar va chiqishlari
- Ishtixon tumanida amalaga oshirilayotgan Sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar, o‘zgarishlar to‘g‘risida
O'zbekcha
Русский
English