+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Yanvar oyida 69 ming nafar chaqaloq dunyoga keldi

Yanvar oyida 69 ming nafar chaqaloq dunyoga keldi

Ulashish

2022 yilning yanvar oyida yurtimizda 69 198 nafar chaqaloq tug‘ildi.

Yanvar oyida tug‘ilganlar:
- o‘g‘il bolalar soni – 35 401 nafar;
- qiz bolalar soni – 33 797 nafar.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyati(8 516 nafar)da qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda esa 1644 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi.