+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida filialda trening o'quv mashg'ulotlari boshlandi

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida filialda trening o'quv mashg'ulotlari boshlandi

Ulashish

           O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023 yil 8 sentabrdagi  «Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»  PQ-296-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi va Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand filiali hamkorligida chet el tajribasiga asoslanib, Samarqand viloyat tibbiyot muassasalaridagi trenerlarga “Sog’lom oilani shakllantirish” o’quv dasturi bo’yicha 72 soatlik o’quv mashg’ulotlarini boshladi. Bu o’quv mashg’ulotlarni o’tishdan asosiy maqsad onalar va go’daklar o’limini oldini olish, nogiron farzandlarni tug’ilishini oldini olish, sog’lom oilani shakllantirish, istalmagan xomiladorlikdan saqlanish va aholini tibbiy madaniyatini oshirib, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hisoblanadi.