Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab "Hamshira-2024" ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand viloyatida o‘tgan tadbirda ham viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalaridan ishtirok etgan hamshiralar orasidan eng yaxshilar aniqlandi.
Viloyat bosqichida faxrli
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali onkoginekologiya bo‘limi hamshirasi Nodira Melikovaga ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi yo‘llanmasi taqdim etildi.