+998 (55) 705-68-42
  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abiturientlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Ulashish

         2024-2025 o'quv yilida oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abiturientlarga "Abiturient ruxsatnomasi"ni berish boshlandi.

                                    

        Abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun "Abiturient ruxsatnomasi"ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikasiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

      Abiturientlar test sinoviga pasport (ID-karta) va Abiturient ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

        Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi!